Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etish uchun Amirliklarga yo‘l oldi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.
10-noyabr kuni Toshkentda to‘plagan terma jamoa, ikki kun davomida bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiyev rahbarligida mashg‘ulot olib bordi. Ular 14-noyabr kuni Al-Ayn shahrida BAA milliy termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Alberto Dzakkeroni boshchilik qilayotan BAAga qarshi o‘yin Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi va unga “Halifa Bin Zayd” stadioni mezbonlik qiladi.
Berdiyev milliy terma jamoaga Oliy Liganing 23 nafar futbolchisini jalb qildi. Ular orasida birorta ham legioner futbolchi yo‘q. Faoliyatini BAA chempionatida davom ettirayotgan Sardor Rashidov va Aziz Haydarov ham 14-noyabr kuni muxlislar qatoridan joy oladi.
Izoh (0)