Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 14-noyabr kuni Al-Ayn shahrida Amirlik termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Uchrashuvga o‘zbekistonlik futbolchilarni “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev tayyorlaydi.

Foto: “Championat.asia”

Ro‘ziqul Berdiyev milliy terma jamoaga Igor Sergeyev va Aleksandr Lobanovni chaqirmoqchi emas

Berdiyev bugun — 6-noyabr kuni milliy terma safida maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar nomini e’lon qildi. Ular jami 23 nafar. Avvalroq yig‘inda birorta ham legioner futbolchi qatnashmasligi aytilgandi.

Bosh murabbiy eng ko‘p futbolchini “Nasaf”dan oldi — 6 nafar. Boisi, Qarshi klubi Oliy Liganing ketma-ket 9 ta turida zafar quchib, eng yaxshi formada bo‘lib turibdi. “Lokomotiv” va “Bunyodkor”dan 5 nafardan futbolchi jalb qilindi. Yetakchilar orasidan eng kami “Paxtakor”ga tegishli — 3 nafar. Shuningdek, “Buxoro”, “Qo‘qon-1912”, “Navbahor” va “Mash’al” jamoalaridan ham futbolchi bor.

BAA termasi “Milan” va Yaponiya bilan tarixiy natija qayd etgan Alberto Dzakkeronini olib keldi

O‘zbekiston termasi 10-noyabr kuni Toshkentda yig‘iladi va 12-noyabr kuni Amirliklarga uchib ketadi. O‘rtoqlik o‘yini Al-Ayndagi “Halifa Bin Zayd” stadionida o‘tadi. U Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi.

O‘zbekiston milliy termasi

Darvozabonlar:

  • Ignatiy Nesterov — “Lokomotiv”
  • Sanjar Quvvatov — “Nasaf”
  • Javohir Ilyosov — “Mash’al

Himoyachilar:

  • Islom To‘xtaxo‘jayev — “Lokomotiv”
  • Shuhrat Muhammadiyev — “Lokomotiv”
  • Akmal Shorahmedov — “Nasaf”
  • Farrux Sayfiyev — “Nasaf”
  • Sherzod A’zamov — “Paxtakor”
  • Akrom Komilov — “Bunyodkor”
  • Rustam Ashurmatov — “Bunyodkor”
  • Islom Qobilov — “Bunyodkor”

Yarim himoyachilar:

  • Sardor Mirzayev — “Lokomotiv”
  • Aziz G‘aniyev — “Nasaf”
  • Bahrom Abdurahimov — “Nasaf”
  • Odil Hamrobekov — “Nasaf”
  • Vladimir Kozak — “Paxtakor”
  • Jasur Yaxshiboyev — “Paxtakor”
  • Doston Hamdamov — “Bunyodkor”
  • Otabek Shukurov — “Bunyodkor”
  • Javohir Sidiqov — “Qo‘qon-1912”
  • Aziz Turg‘unboyev — “Navbahor”

Hujumchilar:

  • Marat Bikmayev — “Lokomotiv”
  • Ivan Nagayev — “Buxoro”

Yoshlar va olimpiyachilar tasnifida O‘zbekiston BAAdan kuchli. Navbat milliy termalar o‘yiniga