Rossiyaning “UAZ” avtomobilsozlik korxonasi O‘zbekiston inkassatsiya xizmatiga “PATRIOT” va “PIKAP” rusumli 300 ta yangi avtomobil yetkazib berdi. Idora avtoparkni shu zavod mahsuloti bilan yangilab borishi rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi “Novosti Uzbekistana”.
Buyurtma asosida olib kelingan avtomobillarning 200 tasi “PATRIOT” yo‘ltanlamasi, 100 tasi esa pikapdir, deb aniqlashtiriladi xabarnomada. Ikki model ham oq rangdagi “Klassik” komplektatsiyasida.
“UAZ PIKAP”larga tayyor kung o‘rnatilgan edi. Bundan tashqari, Toshkentning o‘zida “UAZ”ning hamkorlari avtomobillarni inkassatsiya ishiga tayyorlash bo‘yicha maxsus ishlar olib boradi.
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Respublika inkassatsiya xizmati” davlat unitar korxonasi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Azizxon Hamidov “UAZ” yo‘ltanlamaslarining sifati idora xodimlari tomonidan qadrlanishini ta’kidlab o‘tdi.
“O‘zR MB xizmatida ‘UAZ’ avtomobillari ishonchli va chidamli yo‘ltanlamaslar sifatida o‘zlarini ko‘rsatib bo‘ldi. Shu bois tanlov yana ‘UAZ’ mahsulotiga tushgani bejiz emas, negaki ulyanovliklar Respublika xizmatiga eng tezkor javob qaytaradi va maxsus vazifalar bajarishga mo‘ljallangan texnikasini konkret narxlar bo‘yicha taqdim etadi. O‘zbekistonda valyuta nazorati liberalizatsiyasi e’lon qilinishi bilan Respublika inkassatsiya xizmati oldida turgan vazifalar hajmi faqat oshib, inkassatorlar parkidagi yangi mobil texnika hajmi esa o‘sib bormoqda”, — dedi u.
Ayni paytda inkassatorlar asosan Captiva va Orlando avtomobillaridan foydalanadi.
Izoh (0)