Janubiy Xitoy dengizida, Filippin g‘arbida Haikui nomini olgan yangi, mazkur mavsumdagi 24-tropik po‘rtana shakllandi. Bir necha kundan so‘ng u Vyetnam uchun xavf tug‘dirishi mumkin, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: AP

Sinoptiklar markazida shamolning tezligi soatiga 90—105 kilometr bo‘lgan to‘fonning aniq yo‘nalishini bashorat qilmadi. Biroq ular tabiiy ofat bir necha kundan so‘ng dunyoning ko‘plab davlatlari yetakchilari Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (Asia-Pacific Economic Cooperation, APEC) sammitida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan Danang hududiga yetib kelishini istisno etmadi.

Qayd etish joizki, to‘fon xalqaro tadbirga xalaqit bermaydi, chunki u Vyetnam qirg‘og‘iga 14—15 noyabr kuni va kuchsizlashgan holda yetib keladi. Sammit esa 10—11-noyabr kunlari bo‘lib o‘tmoqda.