AdMe aktyorlar orasidan ma’lum bir rolga o‘ta berilib ketgan o‘z ishining ishqibozlarini qidirib topdi. Ushbu rollar ular uchun ruhiy muammolarni keltirib chiqarishgacha borgan.
Jonni Depp, “Las-Vegasdagi qo‘rquv va nafrat”
Aktyor o‘zi o‘ynagan obrazning nosog‘lom hayot tarziga sho‘ng‘ib ketgan.Vera Farmiga, “Qasam”
Dahshatli filmni suratga olish chog‘ida aktrisa, o‘z so‘zlariga ko‘ra, “narigi dunyo”dan xabarlar olgan.Bob Xoskins, “Quyon Rojerni kim oyog‘idan chaldi?”
Sakkiz oylik suratga olish ishlaridan so‘ng, multfilm obrazlari aktyorni “ta’qib qila boshlagan”.Xit Ledjer, “Qora ritsar”
Aktyor qahramonning dunyosiga shunchalik chuqur kirib ketganki, oxir-oqibat, tinchlantiruvchi va uxlatuvchi, keyinroq og‘riq qoldiruvchi dorilar ichishiga to‘g‘ri kelgan. O‘limidan keyin esa ushbu roli uchun “Oskar” bilan taqdirlandi.Edrian Broudi, “Pianinochi”
Roliga kirishish uchun aktyor mol-mulkidan voz kechgan, yaqinlari bilan aloqalarini uzgan, hatto, ovqat yemay qo‘ygan.Enn Xeteuey, “Xo‘rlanganlar”
Aktrisa ushbu roli uchun uzun sochlarini oldirib tashlagan, 15—20 kunda 10 kilogrammga ozgan, bularning barchasi uning ruhiy salomatligiga ham ta’sir qilgan.
Izoh (0)