Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 44 ayol va boladan iborat guruh yaqinda Suriyadan Grozniy shahriga yetkazilishini ma’lum qildi. Ular orasida Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolari bor, deb aniqlashtiradi “RIA Novosti”.
“Suriya lagerlarida turgan 44 kishining shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘ldik. Shulardan to‘qqiz nafar bola va ikki ayol — O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolari… Eng yaqin vaqtda, balki keyingi hafta boshida 44 kishidan iborat bu guruh Grozniy shahriga yetkaziladi”, — deb yozdi Qodirov Instagram’dagi sahifasida.
Siyosatchining so‘zlariga qaraganda, guruhdagi qolgan bolalar va ayollar Rossiya fuqarolaridir. Ular asli Boshqirdistondan, Oryoldan, Dog‘istondan, Chechenistondan va boshqa mintaqalardandir.
https://www.instagram.com/p/BbQCAAsgMzc/
Izoh (0)