Dunyo bo‘yicha stol o‘yinlarining ommabopligi oshib bormoqda. Ular nafaqat miyani rivojlantiradi, balki atrofdagilar bilan birgalikda harakat qilishga ham yordam beradi.

Foto: Depositphotos

Amerikadagi Indianapolis shahrida har yili Gen Con o‘yin festivali o‘tkaziladi. Unda bir necha turdagi stol o‘yinlari taqdim etiladi. Gen Con o‘yinlarida bir necha o‘n minglab odamlar ishtirok etadi, festivalning 50 yillik bayramida esa birinchi marta hamma chiptalar oxirigacha sotilgan.

Festival ommabopligining sababi shundaki, u yerda stol o‘yinlari ishqibozlari XXI asr tashvishlaridan dam olishi, o‘zining sevimli sarguzashtlar dunyosiga sho‘ng‘ishi va boshqa odamlar bilan muloqot qilishi mumkin.

Stol o‘yinlari o‘yinchilarga nizolar nazorat qilinadigan holatga kirishga imkon beradi. Hatto, agar odam yutqazib qo‘ysa ham baribir jarayon unga zavq bag‘ishlaydi. Unda qiziqish uyg‘onadi, chunki bunday o‘yinda hatto yangi ishtirokchi ham g‘olib bo‘lishi mumkin.

Professor Meri Flenaganning aytishicha, stol o‘yinlari odamlarni qoidalar haqida eslashga undaydi, shu bilan birgalikda adolat haqida ham unutishga yo‘l qo‘ymaydi.

Stol o‘yinlari qoidalari bir necha odamlar ishtirok etishini talab qiladi. Ular har doim birga bo‘ladi, o‘zaro aloqada bo‘ladi va o‘yin taassurotlarini o‘rtoqlashadi.

Zamonaviy hayotda do‘stlar va tanishlar bilan juda kam hollarda yig‘ilib birga o‘tira olamiz. Demak, stol o‘yinlari o‘zaro munosabatlarni yaxshilashga va boshqa odamlarga ishonishga o‘rgatadi.

Bundan tashqari, stol o‘yinlari qatnashchilardan strategik fikrlash va topqirlikni talab qiladi. Bu malakalar sizga haqiqiy hayotda albatta kerak bo‘ladi.

Manba: Heroine