Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari mintaqaviy iqtisodiyotining istiqbollari haqidagi hisobotni e’lon qildi. Toshkentda hisobotni XVJ Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo departamenti direktori o‘rinbosari Yuxa Kaxkonen taqdim etdi, deb xabar beradi Uz24.
Jamg‘arma Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari iqtisodiy o‘sishi joriy yilda o‘rtacha 3,6 foizni, keyingi yil esa 3,7 foizni tashkil etishini bashorat qildi. O‘zbekiston YaIM o‘sishi esa 2017 va 2018-yillarda 6 foizga teng bo‘ladi.
Hisobotda ta’kidlanishicha, YaIM o‘sishi iqtisodiyotning keng miqyosda isloh etilishi bilan bog‘liq. Strategik struktur o‘zgarishlar amalga oshirish, biznes muhitini yaxshilash, valyuta bozorini liberallashtirish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va savdo integratsiyasini chuqurlashtirish borasida tashlanayotgan qadamlar bashorat qilingan daraja yanada o‘sishini ta’minlashi mumkin.
XVJ mintaqa mamlakatlariga davlat resurslaridan yanada samarali foydalanishni — davlat mablag‘larini samarali taqsimlashni, soliq imtiyozlarini qisqartishi va soliq tizimini takomillashtirish yo‘li bilan yangi daromad manbalarini topishni tavsiya qildi.
Izoh (0)