Singapur ketma-ket to‘rtinchi yil chet elliklar uchun eng qimmat shahar deb tan olindi. Bu Economist Intelligence Unit jurnali Britaniya bo‘linmasi hisobotida aytildi, deb xabar beradi “TASS”.
Aytilishicha, ushbu shahar avtomobil sotib olish bo‘yicha eng qimmat hisoblanadi, kiyim-kechak narxi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Lekin ayrim kategoriyalarda, masalan, uy, shaxsiy gigiyena tovarlari, shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi personal narxi bo‘yicha Singapur nisbatan mintaqaviy megapolislarga nisbatan arzonroq shahar hisoblanadi. Ekspertlar, shuningdek, Singapur va Shanxayda oziq-ovqat mahsulotlari narxi bir xil degan xulosaga keldi.
Reytingda ikkinchi o‘rinni Gonkong egalladi. Beshlikka, shuningdek, Syurix, Tokio va Osaka kirdi. Umuman olganda, o‘nlikda Osiyo davlatlari ko‘pchilikni tashkil etdi. Nyu-York o‘tgan yilgiga nisbatan ikki pozitsiyaga tushib, 9-o‘rin bilan qanoatlandi. O‘ninchi o‘rinni Parij va Kopengagen bo‘lishib oldi.
Izoh (0)