REDTAG zamonaviy va ommabop kiyimlar tarmog‘ining navbatdagi do‘koni Buxoro shahrida ishga tushdi. Bu haqda brendning Telegram kanalida ma’lum qilindi.
Ochilish marosimida Buxoro shahri hokimi Kamalov Karim Jamalovich ishtirok etib, mahalliy aholini yangi savdo hududi bilan tabrikladi.
Maxsus kun munosabati bilan oilaning barcha vakillariga mo‘ljallangan o‘ziga xos uslubdagi bejirim kiyim-kechaklar, qulay poyabzallar hamda turli-tuman aksessuarlarga maxsus aksiya amal qilmoqda.
Aytish kerakki, ushbu do‘kon tarmoqning respublika hududlaridagi toʻrtinchi filiali sanaladi.
REDTAG Buxoro doʻkoni Bahouddin Naqshband koʻchasi, 149-uy, “Korzinka.uz” DISKONT supermarketining 2-qavatida joylashgan.
2006-yilda Birlashgan Arab Amirliklarida yaratilgan mazkur brend dunyo bo‘ylab 19 ta mamlakatda 200 dan ortiq do‘konga ega. REDTAG’ning O‘zbekistondagi franshiza huquqi Anglesey Food ShKga tegishli. Bugungi kunda Toshkent shahrida 7 ta, Samarqand, Qo‘qon va Andijon shaharlarida bittadan REDTAG do‘konlari xaridorlarga xizmat ko‘rsatmoqda. Yaqin orada boshqa hududlarda ham filiallar ochilishi kutilmoqda.
Tarmoqning barcha savdo nuqtalari va qo‘shimcha ma’lumotlar bilan quyidagi sahifalarda tanishib borishingiz mumkin:
Facebook — https://www.facebook.com/redtaguzbekistan/
Telegram — https://telegram.me/joinchat/AAAAADwbSdZUSR4pLafWXg
“Odnoklassniki.ru” — https://ok.ru/redtaguzbekistan
Instagram — https://www.instagram.com/redtaguzbekistan/?hl=ru
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)