Yevrokomissiya rasmiy vakili Annika Breydtxardt Bryussel Ispaniya federal hukumati va Kataloniya rahbariyatining ixtilofiga aralashmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Jurnalistlar Kataloniya atrofidagi vaziyat keskinlashib borayotganini, Bryussel Madrid va Barselona o‘rtasida vositachi bo‘lish taklifidan muqaddam voz kechgan bo‘lsa, endi bunga qaytishi mumkinligini aytib o‘tdi. Bunga javoban Breydtxardt Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunkerning fikrini takrorladi.
“Bu press-zalda ko‘p marotaba o‘z nuqtai nazarimizni bildirish imkoniyatiga ega bo‘lgan edik. Ispaniyaning konstitutsion tartibini butunlay hurmat qilamiz, bu nuqtai nazarga biror qo‘shimcha qila olmayman”, — dedi Breydtxardt xonim.
Izoh (0)