Iroqning Mosul shahrini IShIDdan ozod qilish operatsiyasi davomida kamida 2521 nafar tinch fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi tayyorlagan hisobotda aytildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Hisobotda aytilishicha, o‘limlarning ko‘p qismi uchun IShID jangarilari javobgar. Ular 741 kishini qatl etgani ma’lum.
Bundan tashqari, BMT 19-fevraldan keyin — Mosulni ozod qilish operatsiyasi faol bosqichga kirganidan so‘ng aviazarbalar oqibatida 461 kishi halok bo‘lganini qayd qildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)