Italiya vitse-chempioni sifatida Chempionlar Ligasida ishtirok etayotgan Rimning “Roma” klubi ko‘pchilikni ajablantirishda davom etmoqda.
“PSJ” to‘xtamoqchi emas. Parij klubi Chempionlar Ligasining ketma-ket 4-o‘yinida ham yirik g‘alabaga erishdi
Bir tur avval Londonda “Chelsi” bilan 3:3 hisobida durang o‘ynagan “Roma”, Angliya chempioniga qarshi takroriy o‘yinda ham 3 ta gol urishning uddasidan chiqdi va darvozasi dahlsizligini saqlab qola oldi. Antonio Konte jamoani qabul qilib olganidan buyon, “aristokratlar” faqat bir marta — 1 yil avval sentabr oyida “Arsenal”dan yirik mag‘lubiyat qabul qilib olgandi — 0:3.Endi esa Konte navbatdagi yirik mag‘lubiyatni o‘z vatanida ko‘rdi. Qayd etish kerak, “Chelsi” London derbisidagi mag‘lubiyatdan keyin o‘ziga kelib olgan va ketma-ket 13 ta bellashuvni o‘z foydasiga hal qilgandi. Bu esa klubni chempionlik poygasidagi eng yaxshi yurishi bo‘lgan. Konte va “Chelsi” Chempionlar Ligasidagi “tarsaki”dan keyin ham shunday qila oladimi yoki yo‘q — vaqt ko‘rsatadi.
Chempionlar Ligasi g‘olibligi uchun da’vogarlardan biri sifatida e’tirof etilgan Madridning “Atletiko” klubi esa qatorasiga ikkinchi o‘yinda ham Ozarbayjonning “Qorabog‘” klubini yenga olmadi. “Qorabog‘” guruh bosqichiga yo‘l olib, mamlakat tarixiga kirgandi. Endi esa ko‘pchilikni hayron qoldirib, “Atletiko” bilan ikki bor durang o‘ynadi. Qo‘shimchasiga, ozarbayjonliklar yarim soatga yaqin vaqt davomida maydonda bir kishi kam o‘ynab ham, durangni saqlay oldi.
Izoh (0)