Chempionlar Ligasi g‘olibligi uchun da’vogar bo‘lgan “Barselona” va “Yuventus” klublari ham “Atletiko” singari 4-turda 2 tadan ochkoni boy berdi.
“Roma” APL chempioni “Chelsi”ni yirik hisobda taslim qildi. “Atletiko” esa Ozarbayjon klubiga yana ochko ulashdi
“Barselona” Gretsiyada “Olimpiakos” mehmoni bo‘lib, golsiz durangga imzo chekdi. Tomonlarning Kataloniyada o‘tgan o‘yinida “Barsa” 3:1 hisobida zafar quchgan, jamoa sardori Jerar Pike 1-bo‘limda qizil kartochka olib, maydondan chetlatilgandi.Turinning “Yuventus” klubi esa Lissabonda mag‘lubiyatdan arang qutulib qoldi. Gonsalo Iguain A seriyaning Milanda o‘tgan so‘nggi turida dublga erishib, “Yuventus”ga 3 ochko olib kelgandi. Endi esa argentinalik hujumchining goli Turin klubini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Izoh (0)