Prezident Donald Trampning Filippinda bo‘lib o‘tadigan ASEAN tadbirlaridagi ishtiroki Qo‘shma Shtatlar bu hudud haqida unutmaganligidan dalolat beradi. Bu haqda The Straits Times gazetasida chop etilgan maqolada ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.
“Prezident 12-noyabr kuni tashkilot tashkil topganligining 50 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi, ertasi kuni esa ASEAN—AQSh sammiti bo‘lib o‘tadi. Bularning barchasini Tramp Janubi-Sharqiy Osiyo haqida unutmaganligidan dalolat beruvchi yutuqlar deyish mumkin”, — ta’kidlanadi maqolada.
Nashrning ma’lum qilishicha, Tramp Oq uyga kelgandan so‘ng hudud mamlakatlari bezovtaligini bildirgan. Bunga birinchidan, Trans-Tinch okeani hamkorligining qisqarishi, ikkinchidan, Janubiy Xitoy dengizidagi hududiy mojarolar bo‘yicha qat’iy bayonotlarning bildirilmaganligi sabab bo‘lgan.
Biroq shu kunlarda AQShning Filippindagi elchisi Kim Sun “Vashington Osiyo—Tinch okeani hududi strategik muhimligini anglagan holda bu yerdagi barcha majburiyatlarini bajarishda davom etishini”, ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)