Toshkentdagi Janubiy temir yo‘l vokzalida rekonstruksiya ishlari yakuniy bosqichga chiqmoqda, deb xabar beradi “O‘zbekiston 24”.
Ayni paytda qurilish-montaj ishlarining 70 foizi bajarib bo‘lingan. Ta’mirlash ishlari kutish zalida, kassa yonidagi vestibyulda va platformalarda olib borilmoqda. Bundan tashqari, muhandislik tarmoqlari, navigatsiya va yo‘lovchilarni xabardor qilish tizimlari modernizatsiya qilinmoqda.
Izoh (0)