O‘zbekistondagi Discover Invest qurilish kompaniyasi Toshkent markazida eng yirik savdo-ko‘ngilochar majmuani barpo etmoqchi, deb yozadi “Pisma iz Tashkenta” nashri.
50 ming kvadrat metrdan ortiq maydonni egallaydigan Atlas SKM chet ellik quruvchilar bilan hamkorlikda savdo-ko‘ngilochar majmualarni qurishning xalqaro standartlariga muvofiq tarzda barpo etiladi.
Majmua ichida mamlakatdagi eng yirik oilaviy ko‘ngilochar markaz joylashadi. Majmua ikkita yer osti qavatini va yerto‘ladagi turargohni, ko‘plab savdo galereyalarini, supermarketlar, restoranlar va kafelarni, shuningdek, bolalar uchun o‘yin maydonchalarini o‘z ichiga oladi.
SKMda 1200 ta avtomobilni sig‘dira oladigan bepul turargoh bo‘ladi. Yangi savdo markazining qurilishi bir necha oylardan buyon davom etmoqda. Majmua Toshkentning Yunusobod tumani Sharof Rashidov ko‘chasida (M-5), Germaniya elchixonasi yaqinida joylashadi.
Izoh (0)