Tokio janubi-g‘arbidagi Kanagava prefekturasi Dzama shahridagi ko‘p qavatli uylardan biridagi yigitning kvartirasidan to‘qqiz kishining jasadi qoldiqlari topildi. Bu haqda 31-oktabr, seshanba kuni Kyodo axborot agentligi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
Politsiya tomonidan topilgan bo‘laklarga ajratilgan jasadlar kvartiradagi ko‘p sonli sovutgich qutilarida saqlangan. Politsiya bedarak yo‘qolgan 23 yoshli qizni qidirish davomida ushbu kvartirani topdi. Qiz tergov taxminiga ko‘ra, kvartira egasi bilan internetdagi xudkushlar sayti orqali tanishgan. U avvalroq Twitter’da hayotni birga tark etish uchun sherik qidirayotgani haqida yozuv qoldirgan edi.
Yo‘qolgan qizni kvartira sohibi bilan tasvirga olgan videokuzatuv kameralari qaydlari ham topilgan. Politsiya yigit allaqanday xudkushlar klubi orqali topgan odamlarni o‘ldirganligini taxmin qilmoqda. Ismi oshkor etilmagan kvartira egasi qo‘lga olingan, tergov unga ayblov e’lon qilishga tayyorlanmoqda.
Izoh (0)