Moskvada “Naftogaz Ukraina” kompaniyasining sobiq rahbari Igor Bakay hibsga olindi. U yirik miqdordagi summaga firibgarlik qilishda ayblanmoqda, deb xabar beradi Meduza.
Sud Bakayning 12-noyabrga qadar hibsda tutib turilishi haqida qaror chiqardi. Hibsga olish shaklidagi cheklash chorasini ko‘rish qarorini Moskvaning Tagansk sudi qabul qildi. Sud matbuot kotibi Yuliya Suxininaning aytishicha, bu voqea 27-oktabrda ro‘y bergan.
Ukrainaning TCH telekanaliga ko‘ra, Bakayning ustidan o‘n kishi shikoyat qilgan. Jabrlanuvchilar orasida milliarder Alisher Usmonov ham bor. Da’voga ko‘ra, milliarder Bakayga 9 million dollar qarz bergan, ammo pullarini ololmagan.
Izoh (0)