Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ichki xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

Mazkur hujjatda 2015-yil noyabrida mamlakatda joriy etilgan favqulodda vaziyat tartibi bekor qilinishi ko‘zda tutilgan.

“Qonun bizga favqulodda vaziyat tartibini 1-noyabrdan bekor qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, fuqarolarimiz xavfsizligini to‘liq ta’minlaydi”, — ta’kidladi Makron.

Yangi qonun politsiya vakillariga shubhali shaxslar uylarida tintuv o‘tkazish, teraktlar sodir etilishi taxmin qilingan hududlarni qamal qilish, ommaviy aksiyalar o‘tkazishga rad javobi berish, xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat oydinlashguncha cherkov va masjidlarni yopish huquqini beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda