Xisakata Xarayuki kun davomida o‘ynaydi va mushuklarni suratga olgani uchun pul ishlaydi. Yaponiyalik suratkash o‘z vaqtining asosiy qismini ko‘cha mushuklari bilan o‘ynash uchun sarflaydi. U tayoqqa bog‘langan sichqon, pat va boshqa narsalar bilan mushuklarning jig‘iga tegadi va ular ninza yoki Mortal Combat kompyuter o‘yinidagi jangchilarga o‘xshash holatga kelganida suratga oladi. Xisakata Xarayukining xobbisi unga foyda ham keltira boshlagan: hozirda uning turli ko‘rgazmalari namoyish etiladi, deb xabar berdi “Daily Afisha”.
Fotogalereya: “Ninza-mushuklar”ni suratga oluvchi yaponiyalik ijodkor
×
Izoh (0)