Ispaniya bosh prokurori Xose Manuel Masa 30-oktabr kuni Kataloniya mustaqilligining e’lon qilinishiga aloqador siyosatchilarga qarshi sudga shikoyat kiritilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Bosh prokuror ular isyonda hamda davlat mablag‘ini talon-toroj qilishda ayblanayotganini aniqlashtirdi.Uning so‘zlariga qaraganda, ikkita alohida shikoyat kiritilgan. Birinchisi Kataloniya jeneralitatining chetlashtirilgan a’zolari ustidan kiritilgan bo‘lib, u ko‘rib milliy sud kollegiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Yana biri Kataloniya parlamentiga qarshi qaratilgan bo‘lib, uni oliy sud ko‘rib chiqadi.
Bosh prokuratura ayblanuvchilarga nisbatan hibsga olish ehtiyot chorasi ko‘rilishini talab qilmadi, shu bois ishlar ko‘rib chiqilguniga qadar ular ozodlikda bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)