Permlik 14 yoshli model, Shanxayda vafot etgan Vlada D. ismli qizning oilasiga 800 dollar yordam puli berildi. Bu haqda “Ren TV” xabar bermoqda.
Pulni Xitoyning Esee model agentligi o‘tkazib berdi. Tashkilot vakili qiz Rossiyadagi model agentliklaridan biri orqali tanlab olinganini, ammo agentlik noma’lum sababga ko‘ra qizni sug‘urtalamaganini ma’lum qildi.
“Shunda biz kompaniya pullaridan 800 AQSh dollariga teng summa to‘ladik. Qiz shifoxonaga tushishi bilan bu ishni amalga oshirdik”, — ta’kidladi Esee vakili.
Vlada D. 25-oktabr kuni moda namoyishidan so‘ng shifoxonaga tushib qoldi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, namoyish 13 soat davom etgani uni charchatgan. Ikki kun reanimatsiyada yotgan qizning joni uzildi.
U meningitdan aziyat chekkani taxmin qilinmoqda.
Vlada Xitoyga shu yilning kuzida shartnoma asosida ishlashga borgan edi.
Izoh (0)