Italiya A seriyasi 11-turining markaziy o‘yinida “Milan” va “Yuventus” klublari o‘zaro to‘qnash keldi. Bellashuv taqdirini argentinalik hujumchi Gonsalo Iguain tomonidan urilgan 2 ta gol hal qildi.
Montella boshqaruvida “Milan” 11 ta o‘yinda maydonga tushib, shularning 5 tasida zafar quchdi va shunchasida imkoniyatni boy berdi. Bu esa yaqin orada uning iste’fosiga sabab bo‘lishi mumkin. Yozgi transferdagi xaridlardan keyin milanliklarning chempionlik uchun kurash olib borishi tahmin qilingandi.
Rimning “Roma” klubi ketma-ket uch turda 1:0 hisobida zafar quchdi. So‘nggi bor “bo‘rilar” “Napoli”dan xuddi shu hisobda yengilgandi. Eusebio Di Franchesko boshchilik qilayotgan “Roma” ishtirokidagi 10 ta o‘yinning teng yarmida aynan 1:0 hisoblari qayd etilgan. Shularning 4 tasida rimliklar 3 ochkoni qo‘lga kiritgan.
Italiya A seriyasi 11-tur bellashuvlari 28-oktabr, shanba
“Milan” — “Yuventus” 0:2
Gollar: Gonsalo Iguain, 23 (0:1). Gonsalo Iguain, 63 (0:2).“Roma” — “Bolonya” 1:0
Gol: Stefan El-Shaaravi, 33 (1:0).29-oktabr, yakshanba“Benevento” — “Latsio” — 16:30“Udineze” — “Atalanta” — 19:00“Sampdoriya” — “Kyevo” — 19:00“Napoli” — “Sassuolo” — 19:00 Sport-TV“Krotone” — “Fiorentina” — 19:00“Torino” — “Kalyari” — 00:45
30-oktabr, dushanba“Verona” — “Inter” — 00:45 Sport-TV
Izoh (0)