Toshkent shahar prokuraturasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika ilmiy onkologiya markazining sobiq direktori, bosh buxgalteri va moliyaviy-iqtisodiy boshqaruv direktoriga qarshi jinoiy ish ochdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu shaxslar guruhi budjet mablag‘larini o‘zlashtirish va talon-toroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etgani aniqlandi.
Tekshiruv davomida 2008–2016-yillarda sobiq bosh buxgalter Yermichyova I. Yu, 2000–2016-yillarda markaz direktori sifatida ishlagan Navro‘zov S., 2009-yildan bugungi kunga qadar moliyaviy-iqtisodiy boshqaruv direktori lavozimini egallab kelgan Narziyev F.N. umumiy miqdorda qariyb 2 milliard so‘m pulni talon-toroj qilib yuborgani aniqlandi.
Ular qiymati 504,8 million so‘mga teng qimmatliklarni o‘zlashtirishda, shuningdek, xarajatlarni ko‘paytirib ko‘rsatish yo‘li bilan markaz daromadini kamaytirib ko‘rsatib, 802 million so‘m o‘zlashtirishda ayblanmoqda.
Izoh (0)