Yagona umumrespublika protsessing markazi va Yagona xalqaro protsessing markazi hamkorlik memorandumini imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Ikki markazning qo‘shma bayonotida ta’kidlanishicha, hujjat Uzcard va GlobUzCard tizimlarining plastik kartalariga birgalikda xizmat ko‘rsatishni nazarda tutadi.
O‘zbekistonning barcha banklari Yagona umumrespublika protsessing markazining UzCard to‘lov tizimining ishtirokchilari hisoblanadi. Yagona xalqaro protsessing markazining GlobUzCard to‘lov tizimi shu yili ishga tushirildi.
Izoh (0)