“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi poytaxt avtobuslarini kuzatish va kerakli yo‘nalishlarni aniqlashga mo‘ljallangan yangi mobil dastur — MyBus Tashkent ishga tushirilganini ma’lum qildi. U Android tizimidagi mobil uskunalarda ishlaydi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Dastur yordamida avtobuslar hakaratini yo‘nalishlar bo‘yicha kuzatish, ularning kelish muddatini aniqlash mumkin. Bunda avtobusning davlat raqami, avtopark raqami, harakat tezligi va bekatgacha bo‘lgan masofa ham ko‘rsatiladi.
Shuningdek, bekatga vaqtida chiqib, avtobusdan qolib ketmaslik imkonini beradigan ogohlantirish tizimi mobil dasturdan o‘rin olgan. Bekatlar katalogi qanday yo‘nalishlar kerakli bekatdan o‘tishini kuzatish imkonini beradi. Qidiruv funksiyasi yordamida avtobusni raqamiga qarab, bekatni nomiga qarab topish mumkin. “Joylashuv” tugmasi esa yaqin atrofdagi bekatlarni ko‘rsatadi.
MyBus Tashkent mobil dasturi poytaxt jamoat transportidan foydalanuvchi havaskorlar tomonidan ishlab chiqildi. Ularning fikricha, bu mahsulotning raqobatbardoshligini ta’minlaydi.
“Biz foydalanuvchiga nima kerakligini, buni yaxshiroq realizatsiya qilish yo‘llarini bilamiz”, — dedi ishlanmalarni olib borgan Zo‘r Bus Company jamoasi.
Izoh (0)