Tojikistonda paxta terish rejasi ortig‘i bilan bajarildi. Bu haqda mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lum qildi.
23-oktabr kuni mamlakatda 356 ming tonnadan ortiq paxta xomashyosi terildi; bu rejadagidan 0,7 foizga ko‘proqdir. Shuningdek, bu o‘tgan yilgi hosildan 120 ming tonnaga ko‘proqdir.
Eng yuqori natijalarni Tursunzoda shahri (rejadan 17 foiz ko‘proq) hamda Shahrinav (16,8 foiz) va Dang‘ara (16,6 foiz) tumanlari paxtakorlari qayd etdi.
Izoh (0)