APL chempionligi uchun kurash olib borayotgan Londonning “Tottenhem” klubi Angliya Liga Kubogidagi ishtirokiga yakun yasadi.
Liga Kubogi. “Siti”ni to‘xtatadigan klub topildi. “Yunayted” va “Arsenal” chorak finalda
Chorak finalga yo‘l olish uchun “shporlar”dan poytaxtning boshqa bir jamoasi — “Vest Hem”ni taslim etish talab etilardi. Va 1-bo‘limda mezbonlar bu vazifani deyarli bajargandek ko‘rinib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.“Vest Hem”dagi faoliyati qil ustida turgan xorvatiyalik murabbiy Slaven Bilich esa 2-bo‘limga shogirdlarini yangidan hozirlay oldi va uning jamoasi 3 ta gol urib, g‘alabani ilib ketdi. O‘tgan bosqichda yetakchilardan “Liverpul” safarda “Lester”ni yenga olmay (0:2), turnirdan chiqib ketgandi.
Angliyaning amaldagi chempioni “Chelsi” chorak finalda o‘ynaydi. Yaqindagina bosh murabbiy Ronald Kumanni iste’foga chiqargan “Everton” Londonda mehmon bo‘lib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Chorak finalga yo‘l olgan jamoalar:“Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Arsenal”, “Chelsi”, “Lester”, “Vest Hem”, “Bornmut” va “Bristol Siti”.
Izoh (0)