Quddus shahri ma’muriyati shaharning Sharqiy Quddus tumanidagi Nof Zion yahudiy mahallasida yana 176 yangi uy qurilishini ma’qulladi. Bu haqda shahar meri o‘rinbosari Meir Turjem The Times of Israel nashriga ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
Aytilishicha, mahalla ayni paytda 91 uydan iborat. Nof Zion mahallasi asosan falastinliklar istiqomat qiladigan Jobir al-Mukabbar tumanida joylashgan.
O‘z navbatida, falastinliklar yahudiy mahallasi kengaytirilishini xalqaro huquq me’yorlarining buzilishi sifatida baholamoqda. Yangi uylar qurilishi tumandagi yahudiylar sonining oshishiga olib keladi.
Izoh (0)