Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 26-turi bugun — 25-oktabr kuni start oladi. “Buxoro”ni ortda qoldirib, 5-o‘ringa ko‘tarilib olish ilinjida bo‘lgan Qo‘qon klubining amaldagi chempion va bugungi yetakchi “Lokomotiv”ga qarshi o‘yini turnirni ochib beradi.
Tomonlarning Qo‘qonda o‘tgan 1-davra o‘yinida durang qayd etilgandi — 1:1. O‘shanda Marat Bikmayev 79-daqiqadagi goli bilan “temiryo‘lchilar”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan.
Mazkur turning markaziy o‘yinida Toshkentning ikki grandi — “Paxtakor” va “Bunyodkor” o‘zaro to‘qnash keladi. Ayni vaqtda ularni 2 ochko ajratib turibdi. 1-davra “Bunyodkor” o‘z maydonida “paxtakorchilar”ni yenga olmagan — 1:1. O‘shanda Stanislav Andreyevning 70-daqiqadagi goli mehmonlarni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgandi.
“Navbahor” va “Buxoro” klublari o‘rtasidagi o‘yin ham prinsipial ahamiyatga ega, deb aytish mumkin. Tomonlarning Buxorodagi o‘yinida 3:3 hisobi qayd etilgan bo‘lib, bosh hakam namanganliklar darvozasiga 3 ta penalti tayin qilgandi.
O‘zbekiston Oliy Ligasi 26-tur bellashuvlari 25-oktabr, chorshanba
“Lokomotiv” — “Qo‘qon—1912” — 16:30
26-oktabr, payshanba“Metallurg” — “Olmaliq” — 15:00“Mash’al” — “Nasaf” — 16:00“Neftchi” — “Qizilqum” — 16:30“Navbahor” — “Buxoro” — 17:00“Paxtakor” — “Bunyodkor” — 18:00
27-dekabr, juma“Sho‘rtan” — “So‘g‘diyona” — 16:00
Izoh (0)