Germaniya harbiy-dengizi qurollanishida mavjud bo‘lgan oltita 212 toifasidagi dizel-elektrik suv osti kemalari ayni paytda ishchi holatda emas. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Oxirgi submarina — 2015-yili ishga tushirilgan U-35 Norvegiya sohillaridagi mashg‘ulotlar chog‘ida qoyalarga urilib, vertikal rulini zararlagan. Kema Kildagi ThyssenKrupp kemasozlik shirkatiga yetkazilgan bo‘lib, yil oxirigacha ta’mirdan chiqishi kutilmoqda. Unga qadar Germaniya submarinasiz qoladi.
Ayni paytda o‘sha shirkatda Germaniya armiyasining yana uchta submarinasi ta’mirlanmoqda.
Yana ikki suv osti kemasi Ekkernferddagi harbiy bazada turibdi. Ularning ta’mir navbati kelishi ma’lum vaqt olishi mumkin.
Izoh (0)