Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Instagram’da albaniyalik badavlat yoshlar hayotini aks ettiruvchi Rich Kids Of Tirana akkaunti internet foydalanuvchilarining e’tiboriga tushdi.

Foto: Instagram / @richkidstirana

Foto: Instagram / @richkidstirana

Mazkur akkauntda Albaniya poytaxti Tiranada yashovchi yoshlarning qimmatbaho avtomobillar, hashamatli uylar, dasta-dasta pullar va dabdabali aksessuarlar fonida tushgan suratlari e’lon qilib boriladi.

Suratlardan Yevropadagi eng qashshoq mamlakatlaridan birining poytaxtidagi badavlat yoshlar dabdabali hayoti ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishiga umuman qarshi emasligi ma’lum bo‘ladi.

https://www.instagram.com/p/BadqKGGBCfp/?taken-by=richkidstirana

Badavlat yoshlar aksar hollarda poytaxtning iflos ko‘chalari, nosoz yo‘llari va nuragan devorlari yonida qimmatbaho avtomobilini ko‘z-ko‘z qilib suratga tushgan.

https://www.instagram.com/p/BajYNy0hgvU/?taken-by=richkidstirana

Bu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining nafratiga sabab bo‘ldi. Ular qashshoq jamiyat fonida ota-onasining puli va boyligi bilan maqtanayotgan yoshlarni keskin qoraladi.

https://www.instagram.com/p/BalSlhjhmyf/?taken-by=richkidstirana

“Badavlat ota-onasining aqlsiz bolalari. Agar menda shuncha pul bo‘lganida ularni butun Tirana aholisi bilan bo‘lishardim”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda