MTRKning Sport-TV kanali Rossiyada bo‘lib o‘tadigan 2018-yilgi Jahon Chempionati bellashuvlarini translyatsiya qilishi mumkin. Bu haqda kanalning “Daryo”ga yaqin bo‘lgan manbasi xabar berdi.
Telekanal JCh—2018 masalasini o‘z rejalariga kiritgan, biroq bu borada to‘liq kelishuvga erishib ulgurmagan. Boisi, mundial translyatsiyasining Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun narxi e’lon qilinmagan. Shunday bo‘lsa-da, MTRK rahbariyati bunday huquqni taqdim etishi mumkin bo‘lgan kompaniyalar bilan aloqada bo‘lib turibdi.
Avvalroq JCh—2014 translyatsiya huquqi Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun umumiy 800 ming AQSh dollariga tushgani borasida norasmiy gaplar bo‘lgan edi. Bunda 5 ta mamlakat bu summani bo‘lib to‘lagani katta ehtimol.
UzReport va Futbol-TV kanali rahbariyati bu borada muzokara o‘tkazmoqdami yoki yo‘q — ma’lum emas.
Izoh (0)