Toshkent shahrining Yashnobod tumanida nafaqaxo‘r ayol o‘g‘rilikda ayblanib ushlandi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
Aytilishicha, 21-oktabr kuni soat 8:00 da 62 yoshli Svetlana Viktorovna Cherepovskaya bekatda turgan chog‘i 40 yoshli ayolning sumkasidan katta miqdorda pulni o‘g‘irlagan.
Bekatda avtobus kutib turgan ayolning sumkasida 800 ming so‘m bo‘lgan.
Voqea yuzasidan JKning 169-moddasi 2-bandi bo‘yicha o‘g‘rilik ayblovi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ayolning shu turdagi boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)