O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev afg‘onistonlik hamkasbi Ashraf G‘aniga maktub yo‘llab, Kobul va G‘urda uyushtirilgan terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezidentning rasmiy sayti orqali ma’lum qilindi.
“Afg‘onistonning poytaxti Qobul shahrida va G‘ur viloyatida ro‘y bergan bir necha qabih terrorchilik xurujlar natijasida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani haqidagi xabar bizni chuqur qayg‘uga soldi”, — deyiladi matnda.
“Ushbu musibatli damlarda, Siz Janobi Oliylariga hamda marhumlarning yaqinlariga samimiy ta’ziya va hamdardlik izhor etamiz. Alloh subhonahu va taolodan ularga sabr-toqat va bardamlik, jarohatlanganlarga esa shifo ato etishini so‘rab qolamiz”, — deyiladi Shavkat Mirziyoyevning ta’ziya maktubida.
Izoh (0)