Polshaning Staleva-Volya shahrida Vivo savdo markazi tashrifchilariga hujum uyushtirildi. Politsiya 27 yoshli erkak pichoq bilan o‘tkinchilarga hujum qilganini bildirdi, deb xabar beradi Meduza.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, to‘qqiz kishi yaralangan, ularning olti nafarida og‘ir jarohatlar aniqlangan. Keyinroq politsiya vakillari 50 yoshli ayol shifoxonada hayotdan ko‘z yumganini ma’lum qildi.
Hujum uyushtirgan erkak boshqa tashrifchilar tomonidan ushlandi. Jinoyatchining motivlari hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)