Bugun — 20-oktabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasida 25-tur bellashuvlari start oladi. Mazkur tur ikki kun davomida o‘tkaziladi.
Har bir kunning 1 tadan markaziy o‘yini bor. Juma oqshomida liga peshqadami “Lokomotiv” Navoiyda “Qizilqum” mehmoni bo‘ladi. Mezbonlar shu kungacha o‘z maydonlarida 12 ta uchrashuv o‘tkazib, faqatgina 1 marta — “Buxoro”ga imkoniyatni boy bergan. Chempionlik uchun kurash olib borayotgan “Nasaf” va “Paxtakor” Navoiyda 1:1 hisobida durang o‘ynagan, “Bunyodkor” esa 3:3 hisobiga rozi bo‘lgan.
“Lokomotiv” 1-davra “Qizilqum”ni o‘z maydonida 2:0 hisobida taslim etgandi.
Ulug‘bek Baqoyev murabbiylik qilayotgan jamoa o‘z maydonida faqatgina 2 marta mag‘lub bo‘lgan. Ulardan biri “Lokomotiv”ga qarshi o‘yinda (1:2), ikkinchisi ligadan chetlashtirilgan “Obod”ga qarshi o‘yinda (0:1) kuzatilgan. Chempionlik uchun kurashda bo‘lgan “Nasaf” Buxoroda 0:1 hisobi bilan, “Bunyodkor” esa 2:4 hisobi bilan imkoniyatni boy bergan.
Tomonlarning Toshkentda o‘tgan 1-davra o‘yinida “paxtakorchilar” 2:1 hisobida zafar quchgan.
“Olmaliq” — “Mash’al” — 16:30“Qizilqum” — “Lokomotiv” — 17:00“So‘g‘diyona” — “Metallurg” — 17:00“Nasaf” — “Dinamo” — 18:00
21-oktabr, shanba“Qo‘qon—1912” — “Navbahor” — 15:30“Bunyodkor” — “Sho‘rtan” 17:00“Buxoro” — “Paxtakor” — 17:00
“Obod” futbol klubi chempionat o‘yinlaridan chetlashtirilgani sabab, mazkur turda Farg‘onaning “Neftchi” klubiga avtomatik ravishda 3 ochko yoziladi.
Izoh (0)