AQShning yigirmaga yaqin eng yirik texnologiya kompaniyalari hamda boshqa sektorlar firmalari yosh noqonuniy muhojirlarga fuqarolikni olib, ishni davom ettirish imkoniyatini beradigan qonunchilik o‘zgarishlarini himoya qiladigan koalitsiya tuzishga kelishib oldi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
“Amerika orzusi uchun” koalitsiyasining vazifasi yosh nolegal muhojirlarning mehnatini qonuniylashtiradigan qonunchilikni ishlab chiqishdir.
Taxminiy hisob-kitoblarga qaraganda, gap 900 ming kishining taqdiri haqida ketmoqda.
Koalitsiya tarkibiga kirgan kompaniyalar ro‘yxatida Alphabet, Microsoft, Facebook, Uber, IBM, Marriott International va boshqalar bor.
Izoh (0)