“Valday” xalqaro bahs klubining plenar yig‘ilishida qilgan chiqishida Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh tomonidan joriy etilgan sanksion choralar Rossiyani Yevropa bozorlaridan siqib chiqarishga urinish ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
“Sanksion paket... ochiqchasiga Rossiyani Yevropa energiya tashuvchilar bozoridan siqib chiqarishga, Yevropani AQShning qimmatroq suyultirilgan gaziga o‘tishga majbur etishga qaratilgan”, — dedi Kreml rahbari.
Putinning so‘zlariga qaraganda, “ayrimlar hatto siyosiy bahonalardan o‘z tijoriy manfaatlari yo‘lida foydalanayotganini yashirib o‘tirmaydi”.
“Biz siyosat iqtisodiy, bozor munosabatlariga qo‘pol tarzda aralashayotganiga ko‘p guvoh bo‘lmoqdamiz, vaholanki, ular yaqindagina bu imkonsizligini, samarasizligini va bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytayotgan edi”, — qo‘shimcha qildi Putin.
Izoh (0)