Sinay ustida halokatga uchragan, Rossiyaga tegishli A321 ishi jabrlanuvchilari Moskva sudiga 1,4 mlrd yevrolik da’vo kiritdi. Bu haqda, suddagi manbalariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Da’vo bugun kiritildi. Da’vo bo‘yicha javobgarlar sifatida ‘Ingosstrax’ va ‘Alyans Global Korporeyt end Speshielti’ sug‘urta kompaniyalari, Rossiyaning ‘Kogalimavia’ aviakompaniyasi (Metrojet bredidan foydalanadi), shuningdek, ‘Eirkap’ kompaniyasi ko‘rsatilgan. Da’voning umumiy summasi 1,383 milliard yevroga teng”, — dedi sud matbuot kotibi Emiliya Xil.
Jabrlanuvchilarning advokati Anatoliy Kucherena hozircha nashrga izoh bermadi. Da’vo besh kun ichida sud tomonidan qabul qilinadi yoki qaytariladi.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yil 31-sentabrda Sinayda qulagan A321 bortidagi barcha yo‘lovchilar, jami 217 kishi halok bo‘lgan edi. Ularning qarindoshlari va oila a’zolari, jami 149 kishi ish yuzasidan jabrlanuvchilar hisoblanadi.
Izoh (0)