Kataloniyaning “Barselona” klubi Chempionlar Ligasidagi uchinchi o‘yinida uchinchi g‘alabasiga ega chiqib, 100 foizlik natija qayd etishda davom etdi.
Jamoa guruh bosqichini “Yuventus”ni mahf etishdan boshlagandi — 3:0. 2-tur Lissabonda “Sporting” darvozasiga urilgan 1 ta gol sabab zafar quchgan “Barselona”, bu safar yunonlarning “Olimpiakos” klubidan ustunroq chiqdi — 3:1.
Uchrashuvning 42-daqiqasida bosh hakam himoyachi Jerar Pikeni maydondan chetlatdi. Kataloniyalik futbolchilar bungacha 1 ta gol urgan bo‘lsa, 2-taymda Pikesiz yana 2 ta gol urishga erishdi. Greklar esa jami 3 ta golga 1 marta umumiy javob qaytardi.
Turinning “Yuventus” klubi “Sporting” bilan o‘yinda 3 ta gol urdi: 1 tasi o‘z darvozasiga. Shu tariqa Massimiliano Allegri shogirdlari irodali g‘alabani qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Ular avvalgi turda “Olimpiakos”ni taslim qilgandi — 2:0.
Yevropa Chempionlar Ligasi “D” guruhi. 3-tur 18-oktabr, chorshanba
Izoh (0)