“O‘zbekiston havo yo‘llari” va Air Astana aviakompaniyalari Qozog‘iston shaharlaridan Urganch, Buxoro va Samarqandga uchadigan yangi reyslar ochilishini ma’lum qildi. Bu haqda milliy aviakompaniya vakillari qozog‘istonlik hamkasblari bilan muzokaralar yakunlariga ko‘ra bayonot berdi, deb xabar qiladi Uz24.
Qozog‘istonning qaysi shaharlarida reys tashkil etilishi va uning muddatlari aniqlashtirilmayapti.
Shuningdek, kompaniyalar Toshkentdan Olmaotaga, Ostonaga uchadigan reyslar chastotasi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Endilikda Toshkent va Olmaota o‘rtasidagi muntazam reyslar haftasiga olti marta, Toshkent va Ostona o‘rtasidagi muntazam reyslar esa haftasiga ikki marta amalga oshiriladi.
Nihoyat, uchrashuvda Air Astana samolyotlariga Uzbekistan airways technics bazasida texnik xizmat ko‘rsatish hamda qozog‘istonlik uchuvchilar “O‘zbekiston havo yo‘llari” trenajyor kompleksida mashg‘ulotlar o‘tkazishi masalasi ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)