16-oktabr kuni Vashington shahrida Xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markazi va AQSh tashqi siyosat kengashi huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti (CACI) o‘rtasidagi hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Institut Vashingtonning Markaziy Osiyo bo‘yicha asosiy aqliy markazi hisoblanadi. CACI rahbarlari — tuzilma raisi, professor Frederik Starr va direktor Svante Kornell.
O‘zbekiston tomonidan hujjatni markaz direktori Eldor Aripov imzoladi.
Memorandum ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, xalqaro rivojlanish va mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar va davra suhbatlari o‘tkazish imkonini beradi.
Bundan tashqari, uchrashuvning amaliy natijasi o‘laroq markaz xodimlarining maqolalari AQShning nufuzli CACI Analyst onlayn nashrida chop etilishi bo‘ldi. Xususan, rasmiy Toshkentning Markaziy Osiyo yo‘nalishidagi diplomatik yutuqlariga bag‘ishlangan “O‘zbekiston tashqi siyosatining yangi doktrinasi” mavzuidagi maqola amerikalik o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Izoh (0)