Germaniya kansleri Angela Merkel 18-oktabr kuni mamlakatda uch tomonli koalitsion hukumat tuzish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Muzokaralar Xristian demokratik ittifoqi/Xristian sotsial ittifoqi markazchi bloki, “Erkin demokratlar” partiyasi va Yashillar o‘rtasida bormoqda. Germaniyalik siyosatshunoslar bo‘lajak hukumatni “Yamayka koalitsiyasi” deb atamoqda, negaki uch tomonning partiya bayroqlari rangi (qora, sariq, yashil) Yamayka bayrog‘ini eslatadi.
Merkel xonimga ko‘ra, koalitsion hukumat yaratish bo‘yicha muzokaralar bir necha hafta davom etadi. Ekspertlar Angela Merkel barcha bilan umumiylik topishga urinishini kutmoqda.
Izoh (0)