Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda energetik ichimliklarni 18 ga kirmagan shaxslarga sotishni taqiqlash yoki cheklash rejalashtirilmoqda. Bu “Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilishi taklif etilayotgan o‘zgartishlarda nazarda tutilgan, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Foto: Parlament rasmiy sayti

Foto: Parlament rasmiy sayti

Hujjat energetik ichimliklarni “organizmning jismoniy va aqliy ishchanligini oshiradigan, tarkibida ro‘yxati va hajmi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tonusga keltiradigan kimyoviy moddalar bor alkogolsiz ichimliklar” sifatida ko‘rsatilgan.

Loyihada bir qator cheklovlar joriy etish taklif etilgan. Xususan, bunday ichimliklar reklamasiga ularni belgilangan miqdorda ichmaslik ziyon keltirishi haqidagi yozuvlarni ilova qilish ko‘zda tutilmoqda.

Reklama bu ichimliklarning ichilish jarayonini namoyish qilib, bu jarayonlar ijtimoiy yoki sport yutuqlarini qo‘lga kiritishga, jismoniy yoki ruhiy ahvolini yaxshilashi haqida tasavvur hosil qilish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, enegetik ichimliklarni elektron shaklda soat 7:00 dan 22:00 gacha reklama qilish, ularni bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan bosma nashrlarda reklama qilish, nashrlarning birinchi yoki oxirgi sahifalarida reklama joylashtirish, shuningdek, tibbiyot, sport, MTM, ta’lim muassasalari va umumiy foydalanish transport vositalari salonlarida taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Nihoyat, ichimliklarni reklama maqsadida voyaga yetmaganlar orasida bepul tarqatish, voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan tadbirlarda bunday ichimlik ishlab chiqaruvchi kompaniyalar homiylik qilishini man etish kabi taqiqlar o‘rnatish taklif etilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova