Lugansk va Donetsk viloyatlari hududlari yaqin kelajakda Ukraina tarkibiga qaytishi mumkin. Lugansk harbiy-fuqarolik ma’muriyati sobiq rahbariyati, endilikda okkupatsiya qilingan hududlar va ko‘chgan shaxslar ishlari bo‘yicha vazir o‘rinbosari Georgiy Tuka bunga ishonch bildirdi, deb xabar beradi “RBK”.
Uning so‘zlariga qaraganda, bu yo‘ldagi birinchi qadam tan olinmagan DNR va LNR tuzilmalari rahbarlari Aleksandr Zaxarchenko va Igor Plotnitskiyning olib tashlanishi, ularning o‘rniga “tinchlik elchilari” kelishi bo‘ladi.
Qrimning Ukrainaga qaytishi esa qiyinroq bo‘ladi. Tukaning so‘zlariga qaraganda, bu biroz murakkabroq masala bo‘ladi.
“Donbassning qaytarilish yo‘lini ko‘ryapman, lekin Qrimning qaytishida Rossiyaning davlat sifatida yo‘q qilinishidan boshqa yo‘l ko‘rmayapman”, — dedi vazir o‘rinbosari.
Izoh (0)