Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In mamlakat mudofaa sanoati isloh etilishini ma’lum qildi. Bu haqda u Inchxondagi xalqaro aerokosmik va mudofaa ko‘rgazmasi (ADEX) ochilish marosimida bayonot berdi, deb xabar qiladi “Kommersant.ru”.
Uning so‘zlariga qaraganda, hukumat mudofaa kompleksi xaridlari hajmini oshirishga qaratilgan diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirmoqchi.
“Biz faqat Janubiy Koreya harbiylari ehtiyojlariga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqish va sotishga mo‘ljallangan eski tizimni qayta ko‘rib chiqishimiz lozim. Do‘stona davlatlar bilan birga zamonaviy ilg‘or qurol-yarog‘ni ishlab chiqadigan va ishlatadigan tizimni qurishimiz kerak”, — dedi prezidenti.
Izoh (0)