AQShning Aydaho shtatidagi Kottonvud shahrida joylashgan Dog Bark Park oilaviy mehmonxonasi o‘zining noodatiy tashqi ko‘rinishi bilan sayyohlarni ko‘proq jalb qiladi. U faner va gipsokartondan yasalgan 10 metrli bigl zotiga mansub itga o‘xshab ko‘rinadi. Uning yonida yana bitta it qurilgan bo‘lib, uning balandligi 3,5 metrni tashkil qiladi. Xonalar katta itning qornida joylashgan. TJournal mehmonxonaning suratlarini taqdim etdi.
Mehmonxona Bed and breakfast tizimida ishlaydi. Bir vaqtning o‘zida itning qornida to‘rt kishi yashashi mumkin.
Mehmonxonaning tarixi 1990-yillarda, uning egalaridan biri Dennis Sallivan Dog Bark Park nomli badiiy studiya ochganida boshlangan. 2000-yillarning boshida Dennis rafiqasi bilan birga kichik oilaviy mehmonxona ochishga qaror qilgan. Mehmonxona sayyohlarni o‘ziga jalb qilishi uchun unga noodatiy shakl berilgan.
Izoh (0)