Angliya Premyer-Ligasining kamtargina “Uotford” futbol klubi mamlakat tarixiga kirdi. Sababi u ketma-ket uchinchi bellashuvda so‘nggi daqiqadagi gol sabab ochkoli bo‘ldi.
Bunaqasi hali kuzatilmagandi, deb yozdi Opta nashri. APL 6-turida “Suonsi” mehmoni bo‘lgan “Uotford” 90-daqiqada g‘alaba golini urib, Uelsda bayram qilgandi — 2:1. 7-turga kelib Marku Silva shogirdlari “Vest Bromvich” maydonida 95-daqiqada gol urdi va mag‘lubiyatdan qutulib qoldi — 2:2. Va nihoyat “Arsenal”ga qarshi bo‘lib o‘tgan 8-turdagi o‘yinda 92-daqiqadagi gol “Uotford”ga 3 ochko olib keldi — 2:1.
Ayni paytda klub 15 ochko bilan “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Tottenhem” klublaridan keyin kuchli to‘rtlikni yakunlab turibdi. Ortda qolgan 8 ta o‘yinda jamoa 13 ta gol urib, shuncha o‘tkazib yubordi.
Izoh (0)